Odil Ahmedov Xitoy klubi bilan shartnoma imzolab bo‘lganmidi?

  • 28 dekabr, 2016, 19:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoy Super ligasi jamoalari qishki transferlar mavsumi oldidan jahon futbolida taniqli bo‘lgan futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha turli ma’lumotlarni tarqatmoqda. 
Xususan, bir necha kundan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning "Krasnodar"dan Xitoy Super ligasiga ko‘chib o‘tishi to‘g‘risidagi  xabarlar ham butun Osiyodagi futbol jamoatchiligining e’tibor markazida turibdi. 

Tecno

Odil Ahmedov  “Shanxay SIPG” klubiga taklif etilgan va terma jamoamiz sardori bu klub bilan muzokara o‘tkazish uchun Xitoyga ham borib kelgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Biroq Akmal Mirzoning «Choy ustida» deb nomlangan radiodasturiga tashrif buyurgan futbolchi Xitoy klubining taklifini oila davrasida muhokama qilib, keyingina yakuniy qarorga kelishini ta’kidlagan edi.

SPORTS.uz  axborot portaliga ma’lumot bergan va nomini oshkor etmasligimizni so‘ragan xitoylik hamkasbimiz  “Shanxay SIPG” jamoasi Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolagani haqida malumot berdi.  

- Xitoy futboliga eng yaqin bo‘lgan jurnalist Shiao Liangji “Shanxay SIPG” klubining Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlamoqda. Klub va futbolchi tomonidan hali rasmiy xabar berilmadi - deydi xitoylik hamkasbimiz. 

Ta’kidlanganidek, Odil Ahmedov tomoni ushbu ma’lumotni tasdiklamadi.


SPORTS.uz  axborot portali Odil Ahmedov transferi bo‘yicha voqealar rivojini uzluksiz kuzatib bormoqda va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola qilamiz. 

SPORTS.uz saytini kuzatib boring.

Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!