Oliy liga: Muxlislar soni bo‘yicha “Buxoro” etakchi. “Bunyodkor” so‘nggi o‘rindan yuqorilamoqda

  • 17.06.2017 13:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, 14-16 iyun kunlari oliy liga 13-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

3 kun bo‘lib o‘tgan 13-tur uchrashuvlari bizga bir qator e’tiborga molik bo‘lgan o‘yinlarini taqdim etdi. Jumladan, “Navbahor” Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu bilan namanganliklar 2006 yildan beri davom etayotgan g‘alabasiz serialarini davom ettirishgan bo‘lsa, “Dinamo” Farg‘onadagi noxush an’anaga barham berdi. Ya’ni, samarqandliklar “Neftchi”ni o‘z maydonida 2:3 hisobida taslim etdi. “Dinamo” 16 yil deganda Farg‘onada zafar quchdi.

Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

O‘n uchinchi turda stadionlarimizga 32399 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 4049.9 muxlis keldi degani. Turning markaziy o‘yini hisoblangan “Bunyodkor” - “Qo‘qon-1912” bahsini 1912 ishqiboz bevosita o‘yingohdan kuzatib bordi. Bu natija “qaldirg‘ochlar” uchun yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi. Eng ko‘p tomoshabin esa Buxorodagi “Buxoro” – “Lokomotiv” bahsiga kelgan -12458.

Eng kam muxlis borasidagi statistika doimgidek Toshkent klubiga tegishli. “Obod” – “Metallurg” uchrashuvini 253 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi xolos.

Quyida ushbu turdagi o‘yinlarga qancha tomoshabin kelganini bilib olishingiz mumkin.

«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:2. 12458 tomoshabin.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Mash’al» (Muborak) – 2:0. 7618 tomoshabin.

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:2. 4112 tomoshabin.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:0. 2707 tomoshabin.

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 2:1. 1912 tomoshabin.

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Navbahor» (Namangan) – 2:1. 1711 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:3. 1628 tomoshabin.

«Obod» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:4. 253 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!