
O‘zbekistonlik hakam "Ozodi" stadionidagi o‘yinda ishlaydi
O‘zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko OFK tomonidan OChL–2017 turniri nimchorak finalidan o‘rin olgan “Persepolis” (Eron) – “Lahviya” (Qatar) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik hakamga qanotlarda Ma’mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi Sherzod Qosimovga yuklatildi. Uchrashuv komissari – Adam David Mark (Avstraliya). Falastinlik Maykl Hanania hakamlar nazoratchisi bo‘lib ishlaydi.
“Persepolis” va “Lavhiya” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 24 may kuni Eron poytaxti Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar