Pakyaoni nokaut qilgan Markes yana jangga chiqishdan qo‘rqdi

  • 05.02.2017 12:12
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum to‘rt vazn bo‘yicha sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes (56-1-7, 40 KO) WBO chempioni Menni Pakyao (59-2-6, 38 KO) bilan beshinchi marotaba jang qilish taklifini keskin rad etganini ma’lum qildi.

 

- Markes yuristi bilan keldi, - dedi Bob Arum. - U bizdan 100 million dollar so‘ragani yo‘q. Hech qanday pul evaziga Menni bilan jang qilmasligini aytdi. Chunki Markes uchun bu jang qiziq emas ekan.

Menni Pakyao ilk marta Xuan Manuel Markes bilan 2004 yil jang qilgan va bellashuvda durang qayd etilgan. 2008 va 2011 yillardagi uchrashuvda filippinlik bokschining qo‘li baland kelgan. 2012 yilgi to‘rtinchi jangda meksikalik bokschi raqibini nokautga tushirgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!