"Paxtakor" klubi Slovakiya chempionati peshqadami bilan o‘ynaydi

  • 9 yanvar, 2017, 13:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2017 yilgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning Paxtakor klubi 8 yanvar kuni yilning birinchi nazorat uchrashuvini «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

15 yanvarda esa «sherlar» xorij yig‘in o‘tkazish uchun BAAga yo‘l oladi. 15 kun davom etadigan mashg‘ulotlar davomida “ Paxtakor ” xorijiy jamoalar bilan bir nechta nazorat uchrashuvlari o‘tkazish borasida kelishib olganlar.

Dastlabki uchrashuvda ular Rossiya premer ligasi a’zosi Krasnodarga qarshi maydonga chiqishadi. Bu uchrashuv 25 yanvar kuni Dubaydagi «NYU AUH» arenada o‘tkaziladi.

Ikkinchi uchrashuvda esa, Paxtakor klubi 27 yanvar kuni Slovakiya Super ligasi peshqadami “Jilina” bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Jilina” klubi 2016-2017 yilgi Slovakiya Super ligasining 19-turidan so‘ng 50 ochko bilan turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!