Rasman! Shavkat Salomov “Atirau” bilan shartnoma imzoladi

  • 25 yanvar, 2017, 17:20
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Buxoro” klubining sobiq futbolchisi Shavkat Salomov faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshlik hujumkor yarim himoyachi Qozog‘istonning “Atirau” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Hozircha tomonlar qancha muddatga kelishuvga erishganliri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Salomov Premer-ligada birinchi marta 2013 yil 9 mart kuni “Jetisu” klubida o‘z debyutini nishonlagan. Salomovning dastlabki uchrashuvi mehmonda “Qayrat”ga qarshi bellashuv bo‘lgandi. Ushbu bellashuv 3:3 hisobida yakunlangan. Shavkat Salomov “Jetisu” tarkibida 27 bahsda maydonga tushgan va 3 ta gol urgan.  

2014 yil Qarag‘andaning “Shaxtyor” jamoasida faoliyat olib borgan. Ushbu jamoa safida 28 o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasini 3 bor nishonga olgan.

Umumiy hisobda Salomov Premer-ligada 55 bellashuv o‘tkazib 6 bor o‘z nomini uchrashuv qaydnomasiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!