
Romelu Lukaku – APLda mart oyining eng yaxshi futbolchisi
“Everton” jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Belgiyalik futbolchi “Tottenxem”ga qarshi (2:3) o‘yinda bitta, “Xall Siti”ga qarshi (4:0) bellashuvda 2 ta gol urdi.
Shuningdek, iqtidorli forvard “Vest Bromvich”ga qarshi (3:0) uchrashuvda golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar