Ronaldu 569 daqiqalik golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi chorak final basqichida “Bavariya”ga (1:2) qarshi uchrashuvda ishtirok etdi.
Portugaliyalik futbolchi o‘yinning 47-daqiqasida maydon egalari darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. Aytish kerakki, Ronaldu Chempionlar ligasida so‘nggi bor o‘tgan yilning 27 sentyabrida gol urgan edi. O‘shanda u musobaqaning guruh bosqichida “Borussiya D” darvozasini ishg‘ol etgan. Oradan roppa-rosa 529 daqiqa o‘tib Krishtianu yana gol kiritdi.
Filip Lam "Bavariya"da yangi rekord o‘rnatdi
"Bavariya" o‘z maydonida "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi



Fikrlar