Ronaldu o‘zini Messi bilan taqqosladi

  • 26 yanvar, 2017, 11:25
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
 

Jahon futbolida "Lionel Messi kuchlimi yoki Krishtianu Ronaldumi?" degan savol ko‘pchilikning e’tiborida turadi. Nihoyat bu savolga "Real" va Portugaliya terma jamoasi etakchisi, 2016 yilning eng kuchli futbolchisi, deb e’tirof etilgan Krishtianuning o‘zi javob berdi.

- Messi har qanday vaziyatda ham o‘z jamoasiga foyda keltirishga intiladigan futbolchi, men ham huddi shundayman, - dedi Krishtianu Ronaldu. - Biz boshqa-boshqa jamoalarda o‘ynayotganimiz uchun maydonda raqibmiz, lekin shu bilan birga bir birimizni hurmat qilamiz. Munosabatlarimiz ham yaxshi. Bizni doimo solishtirishadi. Xatto o‘g‘illarimizni ham bir biriga taqqoslashadi. Biz ikkimiz ham zo‘r futbolchimiz, jamoaviy va shaxsiy yutuqlarimiz shundan dalolat beradi. Biroq, biz o‘z ishini bajarayotgan ikkita odammiz xolos. Men Krishtianu, u esa Messi.

Ispaniya chempionatida Lionel Messi 14 ta, Krishtianu Ronaldu esa 12 ta gol urdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!