
Ronalduning agenti unga qaysi jamoalardan taklif bo‘layotgani haqida aytdi
Avval xabar berganimizdek “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan.
Cadena Cope radiostantsiyasining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchining agenti Jorjo Mendesh allaqachon “Real” rahbariyatini Ronalduga Angliyadan, Frantsiyadan va Xitoydan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida ogohlantirgan.
Aytish kerakki, bundan avvalroq ikki frantsuz klubi – PSJ va “Monako” portugaliyalik futbolchi uchun 180 mln evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Undan tashqari “Manchester Yunayted” o‘zining sobiq a’zosini ortga qaytarish uchun 200 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya soliq idoralari Krishtianu Ronalduni 2011-2014 yillarda 14,7 mln evro miqdorida soliqlardan bo‘yin tovlashda ayblamoqda. Ayni shu sababli ham futbolchi yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtirgan.
Fikrlar