Sabina Sharipova kortga tushmadi

  • 8 iyul, 2017, 13:36
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Germaniyaning Darmashtadt shahrida ayollar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom  etmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova yakkalik bahslarida ilk bosqichda avstraliyalik Juliya Graber bilan bahs olib borib, 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergani haqida ma’lumot bergan edik.

Fyuchers. Sabina ilk raunddayoq kurashdan chiqdi

Qayd etish joiz, hamyurtimiz juftlik bahslarida muvaffaqiyatli odimlab, Rossiyalik Yana Sizikova bilan juftlik bahslarida kurashga qo‘shilgan Sabina chorak finalda Juliya Kimmelmann/Natali Proesen(ikkalasi Germaniya)juftligi bilan o‘zaro  bahs olib borgan xolda, 6:2 6:3 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Sabina Sharipova Germaniyada yarim finalga chiqdi

Kecha final uchun bahsda hamyurtimiz va uning sherigi, Samir Sandra(Misr)/ Katin van Dich(Lixtenshteyn) juftligi bilan kuch sinashishi lozim edi. Biroq Sabina kortga tushmadi va ularning raqibalari hech qanday kurashsiz final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!