Samvel Babayan ertaga BAA yig‘iniga boradigan tarkibni e’lon qiladi

  • 13 yanvar, 2017, 18:02
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham 21-24 yanvar kunlari Dubayda qisqa muddatli yig‘in tashkil etadi.

Mazkur yig‘in uchun milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ertaga BAAdagi yig‘iniga boradigan tarkibini e’lon qiladi. Bu haqda O‘FF rasmiy tvitteri xabar bermoqda.  

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz 22 yanvar kuni Daniya (U-23) terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha soat oldin “Lokomotiv” futbol klubidan 9 nafar futbolchi chaqiruv olgani borasida xabar berib o‘tgandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!