Server Jeparov "Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzoladi
Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning «Istiqlol» klubidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Tehron shahriga tashrif buyurdi.
Server Jeparov «Istiqlol» klubida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazgan mutaxassislar o‘zbekistonlik charm to‘p ustasida hech qanday kasallik alomatlari yoki asoratlari topilmaganini ta’kidladi.
Biroz avval esa, Eroning «Istiqlol» klubida faoliyat olib boradigan ishonchli manbaning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, Jeparov «Istiqlol» klubi bilan 1.5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra futbolchimiz "Istiqlol” klubidagi 1.5 yillik faoliyati davomida mukofot pullaridan tashqari 500 ming AQSh dollari miqdorida maosh oladi.
SPORTS.uz axborot portali Server Jeparovga Eronda boshlanayotgan faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.


Fikrlar