Server Jeparov yangi jamoasida mashg‘ulotlarni boshladi (foto)
Xabaringiz bor O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov bundan buyon faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi. Avvalroq hamyurtimizning tez orada yangi jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shilishi haqida xabar bergan edik. Ta’kidlash kerakki, Tehronning «Istiqlol» jamoasi bilan 1.5 yillik shartnoma imzolagan hamyurtimiz kechadan boshlab eronliklar safida mashg‘ulotlarga kirishdi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi Eron klubi bilan tuzilgan shartnoma so‘nggiga qadar mukofot pullaridan tashqari 500 ming evro miqdorida maoshga ega bo‘ladi.

Fikrlar