Server Jeparov "Istiqlol” klubi mashg‘ulotlariga qachon qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

  • 20 yanvar, 2017, 22:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Xabaringiz bor O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi. Ta’kidlash joizki, Tehronning «Istiqlol» jamoasi bilan 1.5 yillik shartnomani imzolagan hamyurtimiz haligacha klub mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.

Tecno

«Istiqlol» klubida faoliyat olib boradigan manbaning SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishicha tajribali yarim himoyachi bir necha soatlar ichida Eron poytaxti Tehron shahriga tashrif buyuradi. Terma jamoamiz sobiq sardori ertaga «Istiqlol» klubi tarkibidagi dastlabki mashg‘ulotlarni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi Eron klubi bilan tuzilgan shartnoma so‘nggiga qadar mukofot pullaridan tashqari 500 ming evro miqdorida maoshga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!