
Shota Arveladze kecha “Paxtakor” – “Nasaf” yoshlari uchrashuvini kuzatdi (Foto)
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Toshkentning “Paxtakor” klubiga yangi murabbiy tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgandik. Oxirgi uch oyda ikki marta murabbiy almashtirgan “sherlar”ga endi o‘z vaqtida Gruziyaning yorqin yulduzi bo‘lgan Shota Arveladze ustozlik qilishi kutilmoqda.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, Gruziya terma jamoasining sobiq hujumchisi yaqin kunlarda “Paxtakor”da ish boshlaydi. Kecha Shota Arveladze yoshlar ligasi 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvini kuzatib borgan. Qolaversa, ushbu mutaxassis bugun "sherlar" va "ajdarlar"ning asosiy jamoalari to‘qnashuvini ham bevosita stadiondan tomosha qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, toshkentliklar shu kunlarda 44 yoshlik murabbiy bilan shartnoma imzolashlari taxmin qilinmoqda.
Fikrlar