Sidneyda sensatsiya yuz berdi
Avstraliyaning Sidney shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Musobaqaning eng katta sensatsiyasi jahon reytingining etakchisi Anjelika Kerber va rossiyalik yosh tennischi Darya Kasatkina o‘yinida yuz berdi.
Jahon tennischida etakchilik qilayotgan germaniyalik tennischi mukofot jamg‘armasi 710 900 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning bosh sovriniga asosiy da’vogar edi. Lekin ikkinchi bosqich uchrashuvlarida Darya Kasatkina bir yarim soatdan ko‘proq davom etgan bellashuvda mashhur raqibasini 7:6, 6:2 hisobida engdi.
- Men rosa ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydim, - dedi Anjelika Kerber. - O‘yinni va to‘pni his qilolmaganim uchun ham bugun mag‘lub bo‘ldim.
Yana bir kutilmagan natija uchinchi raqamda saralangan slovakiyalik Dominika Tsibulkova va kanadalik yosh tennischi Ejeni Bushar o‘rtasida bo‘ldi. Bu bahsda evropalik tennischi 4:6, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga yuz tutdi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) — Svetlana Kuznetsova (Rossiya, 5) 7:5 6:3
Barbora Stritsova (Chexiya) — Roberta Vinchi (Italiya, 9) 6:2 6:3
Karolina Voznyatski (Daniya, 10) — Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) 6:0 7:5
Yoxanna Konta (Bu yuk Britaniya, 6) — Darya Gavrilova (Avstraliya) 6:1 6:3
Duan In’in (Xitoy, Q) — Koko Vandevege (AQSh) 6:3 6:2

Fikrlar