Sigurdsson APL tarixida eng ko‘p gol urgan islandiyalik futbolchiga aylandi

  • 27 fevral, 2019, 10:38
  • 0
  • Futbol

"Everton" klubi yarim himoyachisi Gilfi Tor Sigurdsson kecha APLning 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Kardiff"ga (3:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, bu Sigurdsson uchun premer-ligadagi 56-gol bo‘ldi va shu tariqa u Angliya premer-ligasida eng ko‘p gol urgan islandiyalik futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, “Everton” Sigurdssonni 2017 yil “Suonsi Siti”dan 50 mln evroga xarid qilgan edi. U joriy mavsum “irischilar” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!