
Stokgolm shahri Evropa Ligasi finaliga tayyorlanmoqda (fotoreportaj)
UEFA Evropa Ligasi finaliga mezbonlik qilishga da’vogar shaharlar orasida eng munosib ko‘rilgan Stokgolm dunyo futbolidagi navbatdagi tarixiy voqealikka mezbonlik qiladi.
San’at Sharipov: Islohotlarni bolalar futbolidan boshlash kerak
Ushbu uchrashuvga oid eng so‘nggi yangiliklar va eng sara foto-lavhalarni o‘zbek futbol ixlosmandlariga taqdim etish maqsadida UFF.uz xodimi San’at Sharipov UEFA akkreditatsiyasini qo‘lga kiritgan edi.
Kecha Toshkent - Frankfurt - Stokgolm yo‘nalishi bo‘yicha Shvetsiya poytaxtiga etib borgan San’at Sharipov va ko‘plab o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bugundan boshlab Stokgolm shahridan jonli foto-lavhalarni taqdim etishni boshladi.
O‘zbekistonlik muxlislar orasida "Manchester Yunayted" ishqibozlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Hozirda ular birgalikda shahar bo‘ylab sayohat qilib, madaniy hordiq olishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, final bahsida Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Gollandiyaning "Ayaks" jamoasi bilan kuch sinashadi. O‘yin 24 may kuni toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
23 may. San’at Sharipov
SPORTS.uz Axborot Portali uchun maxsus
Fikrlar