
“Sug‘ur kuni”
Sug‘ur kuni – AQSh va Kanadada nishonlanadigan milliy bayram. Shu kuni inidan chiqadigan sug‘urning xulqiga e’tibor qaratish odatga aylangan. Agar kun bulutli bo‘lib, sug‘ur o‘z soyasini ko‘rmasa, qish tez orada tugaydi, deb hisoblaniladi. Bosh rolni aktyor Bill Myurrey ijro etgan “Sug‘ur kuni” filmida esa bayramning qaytarilaverishi haqida hikoya qilinadi. Film qahramoni har kuni 2 fevralda uyg‘onaveradi. Futbol olamida ham yuqoridagi kino ssenariysi kabi har kuni bo‘lmasada, har yili qaytariladigan vaziyatlar etarlicha topiladi. Quyida aynan shu haqida hikoya etamiz.
Bahodir Nasimovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?
“Chuchvara yo‘g‘-e o‘rtoqlik o‘yini otmen”
So‘nggi yillarda O‘zbekiston terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilinayotgan holatlar tabiiy xolga aylanmoqda. Jumladan so‘nggi 4 yil ichida 6 ta o‘rtoqlik o‘yini bekor qilingan. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bor. Jumladan o‘rtoqdik o‘yini bo‘lishi lozim bo‘lgan mamlakatdagi notinchlik yoki ob-havoning noqulay kelishi kabi sabablarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Agarda, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yini qoldirildi degan xabar chiqsa, muxlislar bundan sira ham ajablanishmasliklari aniq.
Abadiy to‘rtinchi – “Arsenal”
“Men – to‘rtinchi”. Londonning “Arsenal” klubi haqida shunday kino olish mumkin. Chunki, so‘nggi 10 yil ichida “to‘pchilar” mavsum so‘nggida marraga to‘rtinchi bo‘lib etib kelgan vaziyat oz emas, ko‘p emas 6 bor takrorlandi. Jumladan doimo kuchlilar safida zikr etiladigan “Arsenal” so‘nggi 12 yil ichida biror marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritmaganini aytish joiz.
Igor Akinfeev EChLda “teshik”
Rossiyalik mahoratli darvozabon qanchalik yaxshi o‘yin namoyish etmasin, mana EChLda 43 ta o‘yindirki, muntazam darvozasidan to‘p o‘tkazib keladi va bu borada mutlaq antirekordchi sanaladi.
Angliya termasining katta turnirlardagi omadsizliklari
Dunyodagi eng kuchli liga. Dunyodagi eng mashxur liga, eng tomoshabop liga, eng boy liga bu – APL. Aniqrog‘i Angliya desak, ham bo‘laveradi. Inglizlar doimo o‘z sevimlilaridan yuqori natijalar kutishga odatlanishgan. Biroq gap terma jamoa haqida ketganda… Angliya har doim favoritlar qatorida zikr etilsada, mana 50 yildan oshdiki, xamon katta turnirlarda zafar qucha olayotgani yo‘q.
Messi va Ronalduning “Oltin to‘p”lari
Mana 9 yildirki, “Oltin to‘p”ni yoki Messi bo‘lmasa, Ronaldu qo‘lga kiritib keladi. Aftidan bunga barcha ko‘nikib ulgurdi va yaqin yillarda ham bu o‘ziga xos bo‘lgan “an’ana” barham topishi amri-mahol.
O‘zbekiston terma jamoasining JCh saralashlaridagi omadsizliklari
O‘zbek futbol muxlislari uchun terma jamoamizni JChda ko‘rish orzu bo‘lib qolmoqda. E’tiborlisi har safar saralashning so‘nggi bosqichiga qadar etib borgan bosh jamoamiz yakunda nimadir sabab bo‘lib mundialdan quruq qolmoqda. Umid qilamizki, ushbu noxush “an’ana” 2018 yil barham topadi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar