"Surxon"ning Superligada o‘ynashi qanchalik haqiqat? Bu savolga Umid Ahmadjonov javob berdi

  • 6 fevral, 2019, 17:13
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda "Surxon" klubining kelgusi mavsum Superligada ishtirok etishi haqida turli mish-mishlar keng quloch yozdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov SPORTS.uz muhbiri bilan suhbatda bu savolga ham javob qaytardi.

- Terma jamoaning kuchayishi bevosita ichki chempionatimizga ham bog‘liq. Ko‘rinib turibdiki, Superligamizda o‘tgan yildan boshlab o‘sish boshlandi. Ammo hali yana ko‘p ishlashimiz kerak. Yaqinda esa navbatdagi chempionatimiz boshlanadi. Hozirda esa odamlar orasida shunday gap yuribdi: “Surxon” Superligada qatnasharkan, lekin kimning o‘rniga chiqadi? Fursatdan foydalangan holda ushbu masalaga ham oydinlik kiritib o‘tsangiz.

- Aynan qaysidir jamoani ajratib ko‘rsatishni istamayman. Odamlar nimalar demaydi?! Bizda o‘tgan yildan boshlab ishlab chiqilgan litsenziyalash talablari bor. Uning qanday ishlashini O‘FA komissiyasi nazorat qilib boradi. Superliganing 12 ta klubi odamlarning gapiga ishonavermay, shu talablar ustida ishlayversin. Agar hamma narsasi joyida bo‘lsa, kim ularni siqib chiqarishi mumkin? Gapga ishonib o‘tiraveradiganlar bo‘lsa, cho‘kib ketishi aniq. Ishlash kerak!

Suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!