Tezkor xabar! "Nasaf" o‘rinbosarlari va futzal jamoasi safar o‘yinlariga borishmaydi

  • 24 aprel, 2018, 12:59
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, shu kunlarda "Nasaf" futbol klubining moliyaviy ahvoli achinarli darajaga kelib qolganligi haqidagi xabarlar avj olmoqda. Kuni kecha bu haqda O‘zbekistonning 2017 yildagi eng yaxshi futbol akademiyasi faoliyati to‘xtatilmoqda(mi?) sarlavhasi ostida maqola ham chop etildi.

Tecno

Biroq klubdagi ahvol tobora yomonlashib bormoqda. SPORTS.uz nashriga ma’lum qilishlaricha, Klub Superliga 8-turi doirasidagi AGMKga qarshi safar o‘yiniga o‘rinbosarlar jamoasi siz boradi. Shuningdek, "Nasaf" futzal jamoasi ham "So‘g‘diyona"ga qarshi safar o‘yiniga bora olmaydi. Qolaversa, asosiy tarkib futbolchilarining Olmaliqdagi o‘yiniga matbuot xizmati ham olib ketilmaydi. PFL reglamentiga binoan esa klub bu orqali moliyaviy jazoga tortiladi.

"Nasaf"dek katta klubning qisqa vaqt ichida bunday tang ahvolga tushib qolishi achinarli bo‘ladi. Agar vaziyat shunday davom etsa Superliga ham "Nasaf"siz davom etishi mumkin. Bu esa rivojlanish bosqichidagi o‘zbek futboli uchun chinakam yo‘qotish bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!