Torres "Atletiko"ga tarixiy natija keltirdi

  • 5 fevral, 2017, 08:30
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO
 

 

Ispaniya chempionatining 21-turida "Leganes" darvozasini ikki marotaba aniq nishonga olib, "Atletiko"ga 2:0 hisobida g‘alaba keltirgan mohir hujumchi Fernando Torres jamoasining La ligadagi 4500-golini urdi.

"Atletiko" Ispaniya chempionatlarida 4500 ta gol urgan to‘rtinchi klubga aylandi. Ungacha bu marrani "Real", "Barselona" va "Atletik" klublari zabt etgan edi.

Shuningdek, Torres La ligada o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga ham barham berdi. Ayni paytda hujumchining umumiy gollari soni to‘rttaga etdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!