Toshkent dengizida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

25-28 fevral kunlari Toshkent dengizida 2001-2005 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maxsus sport maktablari va klublari, sportchi jamoalaridan yosh eshkak eshuvchilar qatnashadilar.

Respublika Chempionati doirasida sportchilar baydarkada K-1, K-2, K-4, kanoeda esa S-1, S-2, S-4 qayiqlarda 200, 500, 1000 metr masofalarga yakkalik, juftlik va to‘rt kishilik ekipajlarda kuch sinashadilar.

Chempionat yakuni bo‘yicha g‘oliblar medal va diplomlar bilan taqdirlanadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!