"Uzbek Tigers"ning engilmas bokschisi Hasanboy Do‘smatovning tarixiy 11 g‘alabasi

CHERY AUTO

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari sport olamining eng nufuzli musobaqasiga aylandi. Bu turnirda kuchli boks maktablari va an’analariga ega bo‘lgan mamlakatlar bokschilari g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Tecno
 

Musobaqalar bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, jamoalar o‘rtasida o‘nta vazn toifasida o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, bir tur uchrashuvlarida ikki jamoaning beshtadan bokschisi o‘zaro kuch sinashadi. G‘olib jamoaviy bahslar yakuniga ko‘ra aniqlanadi.

Shuning uchun har bir jamoa o‘z tarkibiga eng kuchli bokschilarni jalb qilib keladi.

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovning WSB turnirida qayd etgan natijalari ushbu musobaqa tarixida eng yaxshilaridan biridir. Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisini bu musobaqada hali hech kim mag‘lub etolmagan.

Ayni paytda buyon "Uzbek Tigers" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov WSB turniridagi ishtirokini legioner sifatida Ukraina jamoasi tarkibida boshlagan.

Quyida Hasanboy Do‘smatov enggan barcha bokschilar nomi keltirilgan:

2014 yil, 31 mart. David Ayrapetyan (Rossiya)

2015 yil, 16 yanvar. Jozalito Velaskis (Meksika)

2015 yil, 30 yanvar. Li Jixao (Xitoy)

2015 yil, 13 fevral. Belqosim Xennusi (Jazoir)

2015 yil, 27 fevral. Yoxanus Argilagos (Kuba)

2015 yil, 12 mart. Eshley Uilyams (Uels)

2015 yil, 27 mart. Yassin Zohir (Marokash)

2015 yil, 17 aprel. Belik Galanov (Rossiya)

2016 yil, 23 yanvar. Entoni Ortiz (Kuba)

2016 yil, 27 fevral. Temirtosh Jussupov (Qozog‘iston)

2016 yil, 22 aprel. Bator Sagaluev (Rossiya)

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!