Vadim Abramov va “Buxoro” o‘rtasidagi muzokaralar qanday tus olmoqda?

  • 25 yanvar, 2017, 15:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin “Buxoro” klubida tubdan o‘zgarishlar kuzatildi. Dastlab, bosh murabbiy Jamshid Saidov va maslahatchi Tachmurad Agamurodov o‘z lavozimidan ozod etilgandi. So‘ngra esa klubning etakchi futbolchilari ham jamoani tark etishgandi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, klub mutasaddilari bo‘shab qolgan o‘rinlarga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlab yuborishgan.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, Vadim Abramov Buxoroga etib borgan va u erda klubi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar hozircha kelishuvga erisha olishmagan. Ammo Vadim Abramov ham “Buxoro” klubi ham muzokaralarni yakunlashganicha yo‘q.  

Voqealar rivojini SPORTS.uzda kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!