Verrattti qaysarlik qilishda davom etmoqda yohud u PSJning 12 mln evro maoshli taklifini rad etdi
Frantsiyaning PSJ klubi o‘zining italiyalik yarim himoyachisi Marko Verrattiga yangi shartnoma taklif qildi.
Mediaset nashrining yozishicha, parijliklar yangi kelishuvga ko‘ra 24 yoshli futbolchi uchun yiliga 12 mln evro maosh taklif qilishgan. Biroq, Verratti bu taklifni ham rad etdi va o‘zining “Barselona”ga o‘tish borasidagi fikridan qaytmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi a’zosining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Ammo, u mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
Verratti "Barselona"ga ketishini shaxsan prezidentga aytish uchun Parijga keldi

Fikrlar