Xummels Konfederatsiyalar kubogiga borishni istamayapti
Myunxenning “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Mats Xummels yozda Rossiya yashil maydonlarida o‘tkaziladigan Konfederatsiyalar kubogi borasida kutilmagan qarorini e’lon qildi. 28 yoshli futbolchi turnirda ishtirok etish o‘rniga yozda maroqli dam olishni rejalashtirmoqda.
“Konfederatsiyalar kubogi men uchun qiziq emas. O‘ylaymanki Yoaxim Lyov bitta futbolchisi dam olishni istasa undan hafa bo‘lmaydi. Musobaqani hech bo‘lmasa televizor orqali tomosha qilamanmi? Ochig‘i, shu kungacha bunday qilmaganman. Chunki, bu musobaqa men uchun qiziq emas”, - deydi Xummels SportBild nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Konfederatsiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyuliga qadar Rossiya federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar