Yosh taekvondochilarimizning JChdagi ishtiroki yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Tunisning Xammam shahrida taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kunda og‘ir vaznda bahs olib boradigan sportchilar jang qilishi belgilangan. 

Musobaqada qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘z ishtirokini yakunlab bo‘lishdi. Murosasiz kechgan turnirda vakillarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘smirlar toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Rashitov yoshlar toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Amirbek To‘raev hamda Ozoda Sobirjonova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz delegatsiyasi 15 aprelb kuni 00:40 da poytaxtimizga qaytib kelishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!