
Yozda "Real"ga keladigan uch futbolchining nomi hammani larzaga soldi
Florentino Peres "Real"ni engilmas jamoaga aylantirishga bel bog‘ladi. Shundoq ham tarkib borasida birorta jamoadan qolishmaydigan Madrid klubi yozda yulduz futbolchilardan bir nechatasini olib keladi.
Florentino Peres klubda kerakli deb hisoblagan futbolchilarning rahbarlari bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkazib, ularni transferga ko‘ndirmoqda.
Xususan "Real" prezidenti Londonga borib "Chelsi" rahbarlari bilan Eden Azarning transferi borasida muzokara o‘tkazdi. "Real" Eden Azardan tashqari yozda "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala va "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xeani ham olishiga ishonmoqda.
Agar Florentino Peresning bu loyihasi amalga oshsa, "Real" eng qudratli jamoaga aylanadi.
Fikrlar