"Yuventus" yulduzi "Arsenal"ga o‘tadi
"Yuventus"ning bosniyalik yulduz futbolchisi Miralim Pyanich tez orada Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Arsenal" iste’dodli yarim himoyachi transferi bo‘yicha "Yuventus"ga 28 million funtlik taklif tayyorlamoqda.
Miralim Pyanich o‘tgan yozda ko‘plab grand klublar e’tiboriga tushgan edi. Biroq, o‘sha payt "Roma" etakchisi bo‘lgan bosniyalik futbolchi Turinga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Pyanich "Yuventus" tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi. Miralim "Yuventus"da to‘purarlik borasida o‘nta gol urgan Gonsalo Iguaindan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar