Zidanga zo‘rligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan hujumchi 20 ta jamoa taklifini rad etdi

 

 

Ispaniya chempionati etakchisi "Real" hujumchisi Mariano Dias qishki transferlar vaqtida Ispaniya, Italiya, Angliya, Frantsiya, Germaniya jamoalari tomonidan talash bo‘ldi.

23 yoshli dominikanlik futbolchi bir oy davomida "Sevilya", "Vilyarreal", "Malaga", "Espanol", "Sporting", "Latsio", "Fiorentina", "Jenoa", "Marsel", "Vest Xem", "Lester", "Sautgempton", "Ayntraxt" kabi jami 20 ta jamoadan taklif oldi va ularning barchasiga rad javobini berdi.

Mariano Dias "Real"da deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, Zinedin Zidanga o‘z mahoratini namoyish etmoqchi. Bu futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta uchrashuv o‘tkazib, 223 daqiqa o‘ynadi va beshta gol urdi.

SPORTS.uz

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!