Agar Messi "Barsa"ga qaytsa, qancha maosh oladi?

  • 31 mart, 2023, 22:00
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Lionel Messini ortga qaytarishga harakat qilmoqda. Buning uchun klub moliyaviy holatini yaxshilab olishi ham kerak bo‘ladi. Ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Fati bor. U jamoaga katta daromad keltirishi mumkin. 

Agarda argentinlik hujumchini kataloniyaliklar qo‘lga kiritsa, u qancha maosh olishi ochiqlandi. Messi "Barsa" g‘aznachisi Ferran Oliver bilan aloqaga chiqqan. Futbolchiga yiliga 10 million evro to‘lanadi, deya xabar berdi "Fox Sports Argentina" nashri. 

Lionel PSJning yangi shartnomasini hali qabul qilmadi. Sababi, u keyingi mavsum uchun so‘nggi qarorni chiqarmagan. Parijliklar Messini qolishini istaydi va uni klubni tark etmasligi uchun harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!