"Andijon" Rossiya klubiga imkoniyatni boy berdi

  • 9 fevral, 2023, 02:39
  • 0
  • Futbol

“Andijon” klubi Antaliyadagi yig‘inida bu safar Rossiya birinchi divizion vakili – Ulyanovskning “Volga” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin raqib jamoaning foydasiga hal bo‘ldi – 0:4. Momo Ture xet-trikka erishgan bo‘lsa, yana bir legioner Allef o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. “Andijon” esa o‘zi uchun yaratgan qator qulay imkoniyatlaridan foydalana olmadi.

Rossiyaliklar ikki marta penalti tepishdi. Ulardan biri golga aylangan bo‘lsa, ikkinchisini darvozabon Eldor Adhamov qaytardi. 

Ushbu o‘yinni Sergey Cheban boshchiligidagi rossiyalik hakamlar boshqarib bordilar. Raqib jamoa ham Rossiya vakili ekanligini hisobga olsak, hakamlar ham nega aynan ushbu mamlakatdan tayinlanganligi tushunarsiz bo‘ldi.

Darvoqe, ikkinchi bo‘lim oxirlarida Bobur Farhodov maydondan chetlatildi. Lekin bu o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lgani sababli o‘rniga zaxiradan Izzat Abdulxakov tushirildi.

"Volga" 8 fevralda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Dastlab Qozog‘istonning "Okjetpes" klubiga 1:4 hisobida engilgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida "Andijon" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.

Shuningdek, "Volga" jamoasi 5 fevral kuni AGMKni ham mag‘lub etgandi - 2:1.

"Andijon" tarkibi: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abduvohid G‘ulomov, Axtam Nazarov, Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdug‘aniev, Farhod Sohibjonov, Sardor Abdunabiev, Suhrob Berdiev, Bobur Farhodov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Komilov, Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze, Farhod Bekmurodov, Sardor Azimov, Ilhom Alijonov, Aslbek Aysarov, Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Izzat Abdulxakov.  

“Volga” tarkibi: Semyon Morozov, Aleksandr Gabichkin, Egor Danilkin, Denis Kutin, Astemir Abazov, Dmitriy Efremov, Aleksandr Sapeta, Aznaur Geryugov, Kirill Morozov, German Paskin, Momo Ture.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Maksimenkov, Xayrullov, Allef.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!