“Arsenal” rekord darajada katta transferni uddaladi

  • 6 iyul, 2023, 08:55
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” rahbariyati “Vest Xem” bilan angliyalik yarim himoyachi Deklan Rays transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, mashhur futbolchi tez orada “kanonirlar” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Manbaga ko‘ra, bu transfer “Arsenal”ga 122 million evroga tushgan. Hamkorlik rasmiylashtirilishi bilan Deklan Rays “Arsenal” tarixidagi eng qimmat  transer egasiga aylanadi.

Bundan tashqi bu transferdan keyin Deklan Rays eng qimmatbaho angliyalik futbolchi nomini oladi.

24 yoshli yarim himoyachi kunlangan mavsumda “Vest Xem” safida Konferentsiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!