B Pro-liga, 3-tur. "Turon", "Yangier"dan yirik g‘alaba, "Zarangari"ga texnik mag‘lubiyat yozildi

  • 23 aprel, 2019, 18:58
  • 0
  • Futbol

B Pro-liganing 3-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Toshkentda «Yashnobod» klubi “Turon”ga qarshi maydonga tushdi. Bahrom Hakimov shogirdlari safarda to‘p surganiga qaramasdan, o‘yinda mezbonlarga qaraganda, tajribaliroq ekanligini ko‘rsatishdi va 7:1 hisobida zafar quchdi. E’tiborlisi, o‘yinda “Turon” hujumchisi Mo‘ydin Mamazulunov pokerga erishdi.

“Yangier” esa safarda “Zirabuloq” klubiga qarshi o‘ynadi va 3: 0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “G‘ijduvon” futbolchilari Buxoro viloyati derbisida “Ittifoq-Buxoro”ni 3:1 hisobida engdi.

"Rash-Milk" - "Lokomotiv-BFK" - 2: 1

Gollar: Umarjon To‘xtasinov (47), Muhammadkomil Nizomov (61) - Rustam Hazratqulov (5)

"Orol" - "Ittifoq Navoiy" - 0 : 1

Gol: Berdiyor Abdurashidov (3)

"Rubin" - "Andijon-2" - 2 : 0

Gollar:  Javohir Abdurazzoqov (45), Bekzol Jumaboev (86)

"Yashnobod" – "Turon" - 1: 7

Gollar: Shokir Beknazarov (27) - Islom Ismoilov (14, avtogol), Ismoil Ohunjonov (33), Oybek Axmatov (45), Mo‘ydin Mamazulunov (65, 69, 82, 88, pen)

Zirabuloq" – "Yangier" - 0 : 3

Gollar: Asliddin Abdiev (1, 64), Jamshid Xudoyberdiev (71)

"G‘ijduvon" - "Ittifoq Buxoro" - 3: 1

Gollar: Mansur Otaqulov (27), Akbar Murodov (49), Bobur Jo‘raqulov (71) - Shavkatjon Sattarov (56)

"Chig‘atoy" - "Bunyodkor-2" - 1 : 2

Gollar: Karen Muratbaev (8) - Abbos Jumaqulov (68), Otabek Bekboev (81)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!