Badiiy gimnastikachilarimiz Minsk turnirida ishtirok etishdi

Belarus poytaxti Minsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha an’anaviy “BSB Bank turniri o‘z yakuniga etdi. Yakunda, terma jamoamiz a’zolari, guruh bo‘lib, besh koptok bilan ishlashda 21 ta jamoa orasida 8-o‘rinni band etishdi. Ko‘pkurashda 10-natijani qayd etdilar. Shaxsiy chiqishlarda terma jamoamizda ikkinchi raqamda e’tirof etiluvchi, Ekaterina Fetisova 24 -o‘rinda qayd etildi.

 Eslatib o‘tamiz, turnirda 30 dan ortiq mamlakatdan 200 nafardan ortiq gimnastika malikalari ishtirok etdi. Ushbu musobaqadan so‘ng,terma jamoamiz Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l oladi. Avgust oyi so‘ngida Qozon shahrida tashkil etiladigan, Jahon Kubogi final bosqichi doirasidagi turnirda ishtirok etishadi. Mazkur musobaqa Ekaterina Pirojkova va Lili Vlasova shogirdlari uchun 16-22 sentyabrda, Bokuda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Jahon chempionatida esa, Tokio 2020 Olimpiadasiga yo‘llanmalar o‘ynaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!