"Barselona" qishki transfer oynasida yangi futbolchi sotib ololmaydi. Chunki...

  • 25 yanvar, 2023, 12:05
  • 0
  • Futbol

"Barselona" davralar oralig‘ida o‘z tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytira olmaydi. Sababi, kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha yangi o‘yinchilarni tarkibga qo‘sha olishmaydi. Bu haqda Marca o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

Aytish kerakki, yaqinda niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay klubni tark etdi, shuningdek, Jerar Pike ham faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Shu tariqa “Barselona”ning ish haqi fondi qisqardi, ammo shunga qaramay, ular yangi transferlarni amalga oshira olmaydi.

Oldinroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Depay jamoani tark etganidan so‘ng tarkibga yangi futbolchi olishni istayotganini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!