"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Oltin to‘p"ga "Real" futbolchisi munosib ekanini aytdi

  • 11 noyabr, 2021, 10:10
  • 0
  • Futbol

"Sevilya"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Real" hujumchisi Karim Benzema haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Karim Benzemaning yillar davomida qilayotgan ishlari hayratlanarli. U "Oltin to‘p"ga munosib. Karim yirik turnirlarda doimo ustunlik qiladi.

U shuncha vaqtdan beri Madridda o‘ynab, barcha muhim gollarni urdi... Krishtianu ketganidan keyin u yaqqol etakchiga aylandi. U shunchaki noyob. Unga bizga qarshi o‘yinlardan tashqari boshqa barcha uchrashuvlarda shunday ruhda davom etishini tilayman”, - dedi Rakitich

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!