"Bavariya" himoya chizig‘ini "Barsa" vakili bilan kuchaytirmoqchi

  • 24 noyabr, 2023, 18:27
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Variantlardan biri "Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar berdi.

Urugvaylik futbolchi ayni damda Kataloniya jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va myunxenliklar uchun bu transferni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. 

2023/2024 yilgi mavsumda Arauxo "Barselona" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. 24 yoshli himoyachi Ispaniya La Ligasi doirasidagi o‘yinda “Real Sosedad” darvozasiga bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!