Boks. Qizlarimiz Osiyo chempionatida o‘n ikkita medal qo‘lga kiritishdi

  • 2 noyabr, 2023, 15:05
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Qozog‘istonning Astana shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etdi.

Ayni paytga kelib, o‘smir qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakunlandi. Shiddatli kurashlarga boy bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Kechki dasturda o‘smir yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-57 kg: Sevara Mamatova
-75 kg: Maftuna Yangieva
+80 kg: Sobirahon Shahobiddinova

Kumush medal:
-50 kg: Robiya Ravshanova
-52 kg: Muslima Turg‘unova
-54 kg: Zuhro Rustamova
-63 kg: Aselya Tulegenova
-80 kg: Ruhshona Parpieva

Bronza medal:
-48 kg: Bahora Abduraimova
-60 kg: Ruhshona Shakarova
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!