"Bunyodkor" evropalik legionerlar bilan shartnoma imzoladi

"Bunyodkor" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Bir yo‘la uch nafar evropalik futbolchi bilan kelishuvga erishildi va ular 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor” libosida o‘tkazadi. Chernogoriyalik Momchilo Raso va bosniyalik Samir Jelkovich himoyada to‘p sursa, xorvatiyalik Marin Lyubich darvozamizni qo‘riqlaydi. Har uchala legioner bilan ham bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun
MOMChILO RASO
Tug‘ilgan sanasi: 06.02.1997
Fuqaroligi: Chernogoriya
Bo‘yi: 186 sm. Vazni: 73 kg
Ampluasi: himoyachi
So‘nggi jamoasi: “Balzan” (Malta)
Chernogoriya o‘smirlar va yoshlar terma jamoasida to‘p surgan

SAMIR JELKOVICh
Tug‘ilgan sanasi: 04.09.1997
Fuqaroligi: Bosniya va Gertsegovina
Bo‘yi: 184 sm
Ampulasi: himoyachi
So‘nggi jamoasi: “Saraevo” (Bosniya va Gertsegovina)

MARIN LYuBICh
Tug‘ilgan sanasi: 18.10.1997
Fuqaroligi: Xorvatiya
Bo‘yi: 188 sm. Vazni: 79 kg
Ampluasi: darvozabon
So‘nggi jamoasi: “Lahti” (Finlandiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!