Butunjahon universiadasi. Delegatsiyamiz hisobida to‘rtinchi medal

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida o‘z ishtiroklarini boshlashdi.

Quvonarlisi, ushbu sport turining birinchi kunidayoq hamyurtlarimiz delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni taqdim qilishdi.

-54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu yil jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olgan hamyurtimiz faqatgina finalda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni band etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi medallari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!