“Chelsi” nemislarning eng zo‘r futbolchisini olib keladi

“Chelsi” bir necha mavsumdan beri Bundesligada tarbiyalanayotgan o‘yinchilarni transfer qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bu gal “aristokratlar” nishoniga “Bayer”ning chempionlik kurashiga katta hissa qo‘shayotgan Florian Virts tushdi. Aslida Evropaning bir necha grand klublari bu yarim himoyachini anchadan beri kuzatib keladi.

“Chelsi” murabbiylar shtabi jamoa etakchisiga aylangan Koul Palmerga maydondagi sherik sifatida aynan Florian Virtsni olib kelmoqchi. Mutaxassislar bu transfer “aristokratlar”ning imkoniyatini sezilarli darajada kuchaytirishi ta’kidlayapti.

Florian Virtsning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi. “Bayer” etakchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Transfer mutaxassislar Virtsni qo‘lga kiritish uchun “Chelsi” 100 million evrodan ortiqroq xarajat qilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!