“Chelsi”ga bahaybat pleymeyker keladi

“Chelsi” o‘z tarkibiga yosh o‘yinchilarni jalb etish siyosatini davom ettirmoqda.

“Aristokratlar” nemis futboli tarbiyalanuvchisi Bentse  Derdaini nishonga oldi. Bu haqda  Football Transfers nashri ma’lumot tarqatdi.

“Gerta”ning 18 yoshli pleymeykeri Evropaning eng iqtidorli hujumkor futbolchilaridan hisoblanadi.

Bentse 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Germaniyaning Evropa chempionligi qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan.

Mutaxassislar Bentsening jismoniy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratmoqda. 18 yoshli o‘smirning bo‘yicha hozirnin o‘zida qariyb 190 santimetrni tashkil qilmoqda.

Odatda, hujumkor futbolchilarning bo‘yi biroz past bo‘ladi. Shunga qaramay, Derdaining bo‘y-basti yaxshi o‘ynashiga xalaqit qilmaydi.

Transfermarkt portalida Derdaining transfer summasi 2 million evro ekani ko‘rsatilgan. Biroq uning “Gerta” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Demak, xaridorlar futbolchini o‘zini ko‘ndirgan holda uni bepul qo‘lga kiritishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!