De Xeaga APLdan jamoa topildi

  • 9 dekabr, 2023, 16:57
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"dan ketgandan keyin erkin agent bo‘lib turgan darvozabon David de Xea "Tumanli Albion"ga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, ispaniyalik posbonga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Qarg‘alar" rahbariyati De Xeani jarohat sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydigan Nik Poup o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. Davidning o‘zi qishki transfer oynasida klub bilan shartnoma imzolashga tayyor.

Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida 33 yoshli darvozabon 38 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 43 ta gol o‘tkazib yuborgan. 18 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!