Depay ortidan yana bir hujumchi Madridga ketishi mumkin

  • 26 yanvar, 2023, 19:05
  • 0
  • Futbol

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Ferran Torres kataloniyaliklar safidagi beqaror o‘yiniga qaramay, unga Evropaning ko‘plab klublari qiziqish bildirmoqda. Xavi hozircha ispaniyalik vingerga ishonmoqda.

Memfis Depay transferi bo‘yicha muzokaralar chog‘ida "Atletiko" 22 yoshli futbolchi haqida so‘ragan. Agar "Barselona" Torresni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, Madrid klubi ispaniyalikni yozda sotib olishi mumkin.

"Atletiko" keyingi mavsum uchun hujum chizig‘ini yangidan tuzmoqchi. Klub rasmiylari Joau Felishni sotish, Karrasko va Toma Lemar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Alvaro Morataning "Atletiko"dagi kelajagi ham so‘roq ostida. Qayta qurish faqat Anxel Korrea va Antuan Grizmannga ta’sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ferran ushbu mavsumda "Barselona" safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!