Eng mashhur yulduzlar “Real”dan norozi

  • 30 sentabr, 2023, 19:16
  • 0
  • Futbol

“Real”ning eng tajribali yarim himoyachilaridan Toni Kroos va Luka Modrich jamoadagi holatdan norozi.

Jurnalist Mario Korteganuning ma’lum qilishicha, har ikki futbolchi o‘zini asosiy tarkibda o‘ynashga munosib, deb hisoblamoqda.

Toni ham Luka ham matbuot vakillari ularning yoshiga e’tibor qaratayotganidan asabiylashmoqda. Ayniqsa, 33 yoshli Kroos uni o‘zidan besh yosh katta bo‘lgan Modrichga qo‘shib, “qariya”ga chiqarib qo‘yishganidan hayron ekanini bildirgan.

Uzoq yillardan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali o‘yinchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan o‘zlariga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishini so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!