Gimnastika. Oksana Chusovitina Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent Prezident maktabida mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina maktab o‘quvchilari bilan yaqindan tanishdi. Sportga qiziqishi baland yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Aytib o‘tish joizki, Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindoridir.

Ushbu tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avazjon Karimov, Karate sport turi bo‘yicha terma jamoa treneri Burxon Rahmonov, hamda Karate sport turi bo‘yicha jahon chempioni Alisulton Xojievlar ham ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!