Greppling: Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing!

4-6 may kunlari Filippinning kurort shaharlaridan biri Tagaytayda greppling bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Tabiiyki, ushbu qit’a birinchiligida o‘zbekistonlik grepplingchilar ham ishtirok etadi.
Bugun, O‘zbekiston greppling terma jamoasi Filippinga jo‘nab ketishdi. Quyida, Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi delegatsiyamiz tarkibi bilan tanishishingiz mumkin.
Kattalar
84 kg: Nodirbek Egamberdiev;
62 kg: Abduvosid Siddiqov;
84 kg: Ulug‘bek Rahmonov;
92 kg: Azizbek Sharipov;
92 kg: Husan Rahimov:
U-20:
77 kg: Oyatillo Umarxo‘jaev
Shuningdek, Osiyo chempionatida Xalqaro toifadagi hakam Dilshod Mirzaxo‘jaev faoliyat yuritadi. Delegatsiya rahbari sifatida O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Iqbol Kamilov ham Filippinga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!